O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili Germaniya jamg'armasi delegatsiyasini qabul qildi
Avgust 14, 2025. 15:20 • 30 soniya
• 477
TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Germaniyaning "Bergxof" jamg'armasining Afg'oniston, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo bo'limi rahbari Basir Feda boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida tomonlar Afg'oniston bo'yicha ikki tomonlama hamkorlikning joriy holatini hartomonlama muhokama qildilar.
Afg'oniston muammosini hal etish bo'yicha muntazam muloqotni qo'llab-quvvatlashga o'zaro manfaatdorlik ta'kidlandi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi va Toshkent hamda "Bergxof" jamg'armasi o'rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishga o'zaro manfaatdorlikni tasdiqladi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi