Logo

Toshkent va Vashington Afg'onistondagi vaziyatni tartibga solish bo'yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor

May 30, 2025. 17:37 • 32 soniya

715
Toshkent va Vashington Afg'onistondagi vaziyatni tartibga solish bo'yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor

TOSHKENT, 30-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo byurosining Afg'oniston bo'yicha yordamchisi o'rinbosari Meri Bishoping bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida Afg'oniston muammolari bo'yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Afg'onistondagi vaziyatni tartibga solish bo'yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdorlik qayd etildi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdilar.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish