TIVda O'zbekiston-Fransiya hamkorligining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

May 14, 2024. 11:54 • 54 soniya

101
TIVda O'zbekiston-Fransiya hamkorligining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 14-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig'i Amir Sultanov va Fransiya elchisi Aureliya Bushez o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida tomonlar O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida ishlab chiqilayotgan ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, bo'lg'usi oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolanishi mumkin bo'lgan hujjatlar yuzasidan o'zaro fikr almashdilar va ularning ko'rib chiqilishini tezlashtirish to'g'risida kelishib oldilar.

Shuningdek, O'zbekiston-Fransiya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida migratsiya, qayta tiklanuvchi energiya, qishloq xo'jaligi, suv resurslarini boshqarish, sertifikatlashtirish natijalarini o'zaro tan olish, sport, sanoat va ilg'or texnologiyalar, ta'lim, madaniy meros kabi istiqbolli sohalarda ikki tomonlama xalqaro shartnoma va hujjatlar tuzishning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish