Tashqi ishlar vazirining yangi o'rinbosarlari tayinlandi
Dekabr 29, 2023. 23:19 • 30 soniya
• 699
TOSHKЕNT, 29-dekabr. /«Dunyo» AA/. Bugun O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi yangi tayinlovlar ma’lum bo'ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq:
– tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Baxromjon A’loyev tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi;
– Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetov Ibragimovich tashqi ishlar vaziri o'rinbosarlari etib tayinlandi.
Muzaffarbek Madrahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga, Rahmatulla Nurimbetov esa MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi