Seul shahrida "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" 17-hamkorlik forumi bo'lib o'tdi
Noyabr 04, 2024. 20:07 • 43 soniya
• 880
TOSHKENT, 4-noyabr. /"Dunyo"/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Seul shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" 17-hamkorlik forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.

"Hamkasblarimiz bilan birgalikda "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" 17-hamkorlik forumini o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol janoblari va uning jamoasiga samimiy mehmondo'stlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Bugungi kunda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan mintaqalardan biridir. Biz umumiy farovonlikka qaratilgan masalalarda atroflicha fikr almashdik. Ekologik chaqiriqlarga qarshi kurashish, uzluksiz yetkazib berish zanjirlarini ishonchli ta'minlash, muhim qazilma materiallarni qayta ishlash, raqamlashtirish, turizm va shu kabi sohalarlarda yangi tashabbus va hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qildik. Bularning barini amalga oshirish uchun ulkan salohiyat va real imkoniyatlar mavjud".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi