Logo

O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari va Turkiy madaniyat va meros jamg'armasi prezidenti ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar

May 30, 2025. 11:30 • 37 soniya

72
O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari va Turkiy madaniyat va meros jamg'armasi prezidenti ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 30-may. /"Dunyo" AA/. Kecha O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmonov Turkiy madaniyat va meros jamg'armasi prezidenti Aktoti Raimkulova o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida O'zbekistonning Jamg'armaga to'laqonli a'zo sifatida qo'shilish jarayoni, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

O'zbekiston Prezidenti tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni hamda turkiy madaniy merosni asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan qo'shma loyihalarni samarali amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Jamg'arma doirasida turkiy hamkorlikning dolzarb mavzularini ilgari surish bo'yicha muloqotni davom ettirish va sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish