Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o'rinbosari bilan uchrashdi

May 31, 2025. 12:52 • 39 soniya

975
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o'rinbosari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 31-may. /"Dunyo" AA/. Tokio shahrida amaliy tashrif bilan bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev 28-may kuni Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o'rinbosari Xisashi Matsumoto bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda vizani liberallashtirish, gumanitar va biznes almashinuvi, xavfsizlik bo'yicha tavsiyalarni qayta ko'rib chiqish, shuningdek, mehnat migratsiyasi va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Xisashi Matsumoto O'zbekiston-Yaponiya munosabatlari rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etib, Yaponiya Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida O'zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini alohida ta'kidladi va uning yanada chuqurlashishiga umid bildirdi.

Tomonlar o'zaro hamkorlikning barcha sohalarida tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida yaqin aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish