O'zbekiston va BMTning Atrof-muhit bo'yicha dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan qo'shma loyihalar Xitoy OAV nigohida
Sentabr 20, 2025. 13:46 • 2 daq
• 87
PEKIN, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Psearcher" jurnalida "O'zbekiston va UNEP samarali ekologik loyihalarni ilgari surmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada O'zbekiston atrof-muhit muammolarini hal etishga alohida e'tibor qaratuvchi, sohaga oid samarali takliflari bilan tashabbuskor davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda muhim o'rin tutayotgani va bir qancha yetakchi global tashkilotlarga a'zo bo'lgani haqida so'z yuritiladi.
Nashrda qayd etilishicha, O'zbekiston 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo'yicha dasturiga (UNEP) a'zo bo'ldi va bugungi kunda UNEP tomonidan boshqariladigan to'qqizta ekologik konvensiya va tashkilotlarning ishtirokchisi hisoblanadi.
"Hozir kunda O'zbekiston UNEP bilan hamkorlikda bir nechta loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular orasida xalqaro kimyoviy konvensiyalarni (Bazel, Stokgolm va Rotterdam konvensiyalari) amalga oshirish hamda O'zbekistonning Rotterdam va Minamata konvensiyalariga qo'shilishini qo'llab-quvvatlash uchun institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan loyiha bor. Bu tashabbus kimyoviy moddalarni inventarizatsiya qilish va raqamlashtirishni, shuningdek, O'zbekiston Ekologiya vazirligi huzurida axborot va resurs markazini tashkil etishni nazarda tutadi. Loyihaning umumiy byudjeti 250 ming AQSh dollariga teng", – deb yozgan muallif.
Bundan tashqari, materialda binolar va shaharlarda energiya samaradorligini oshirish uchun investitsiyalarni kengaytirishga qaratilgan 25 million AQSh dollari miqdoridagi qo'shma loyiha bo'yicha keng qamrovli hujjatlar paketi tayyorlanayotgani ma'lum qilingan.
"Shu bilan birga, "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan UNEP va Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan hamkorlikda qo'llab-quvvatlanayotgan yana bir loyiha – havo ifloslanishini avtomatik monitoring qilishga qaratilgan. Ushbu loyiha doirasida butun mamlakat bo'ylab 63 ta monitoring stansiyasini o'rnatish hamda markazlashtirilgan tahlil markazini tashkil etish rejalashtirilgan", – deya qayd etilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi