Logo

"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi

Noyabr 25, 2025. 17:18 • 40 soniya

57
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi

MADRID, 25-noyabr. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning nufuzli "Europa Press" nashrida "Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligida innovatsiyalar va barqaror rivojlanishga ko'maklashish bo'yicha kelishuv imzoladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasi rahbariyati tomonidan imzolangan memorandumga ko'ra, tadqiqot va texnologik rivojlanish, dehqonchilikda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish, suv resurslaridan samarali foydalanish ushbu hujjatning asosiy yo'nalishi sifatida baholangan.

Shuningdek, memorandumda ikki davlat agrar sektorining raqobatbardoshligi va barqarorligini oshirish, ixtisoslashgan muassasa va jamoalar o'rtasida tajriba almashish hamda eng yaxshi texnik amaliyotlarni hayotga joriy etish ishlari ham belgilangan.

Materialda xulosa qilinishicha, ushbu memorandum fermerlar, chorvadorlar va butun agrar sektorga foyda keltiradigan uzoq muddatli hamkorlik uchun dasturiy vosita bo'lib xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish