"Daily News Hungary": O'zbekistonning Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kunini belgilash tashabbusi global barqarorlikni mustahkamlash uchun muhim hissadir
Iyun 17, 2025. 16:32 • 2 daq
• 65
BUDAPESHT, 17-iyun. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Daily News Hungary" onlayn nashrida "Fojiadan global siyosatga: O'zbekistonning Xalqaro zilzilalar qurbonlarini xotirlash kunini belgilash tashabbusi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"O'zgaruvchan global xavfsizlik arxitekturasi sharoitida tabiiy ofatlar, ayniqsa zilzilalar bilan bog'liq xavflar nafaqat zarar ko'rgan mintaqalar, balki butun xalqaro boshqaruv tizimi uchun ham dolzarb bo'lib bormoqda, – deyilgan maqola muqaddimasida. – Shu nuqtai nazardan, O'zbekistonning yaqinda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ma'qullangan 29-aprel sanasini Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilash tashabbusi global barqarorlikni mustahkamlash va gumanitar birdamlikni rivojlantirishga o'z vaqtida qo'shilgan va strategik jihatdan muhim hissadir".
Nashrda qayd etilganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kunin belgilash taklifi ilk bor 2023-yil mart oyida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida bildirilgan edi. Bu g'oya yakka holda yuzaga kelgani yo'q – bu mamlakatning xalqqa yo'naltirilgan diplomatiyaga, ko'p qirralilikka, mintaqaviy hamkorlikka va global ijtimoiy ne'matlarni yaratishga urg'u berilgan uzoq muddatli tashqi siyosat kursini aks ettiradi, deb ta'kidlangan.
"29-aprel sanasining tanlanishi ham tarixiy, ham strategik ahamiyatga ega. 1966-yilning shu kuni Toshkent zilzilasi ro'y bergan. Bu halokatli voqea poytaxt qiyofasini tubdan o'zgartirib, O'zbekiston aholisi ongiga chuqur singib ketdi. Ushbu sanani global xotira kuniga aylantirish tarixiy jarohatlardan transmilliy birdamlik quroli sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Umumiy xotira bilim almashish, ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi innovatsiyalar va erta ogohlantirish tizimlariga sarmoya kiritish manbaiga aylanadi", – deb yozgan muallif.
Bundan tashqari, materialda ushbu tashabbus 2015-2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha Senday qoidalariga mos keladi, bu esa unga tizimlilik baxsh etadi va xalqaro sa'y-harakatlarning uyg'unligini mustahkamlashi qayd etilgan.
Mazkur rezolyutsiyaning BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan qabul qilingani alohida e'tiborga loyiqdir. Bu O'zbekistonning o'sib borayotgan diplomatik kapitalini va ko'p tomonlama tuzilmalarda me'yoriy innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashni safarbar etish qobiliyatini namoyish etadi.
Hujjat a'zo davlatlarni ta'lim sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirish, tajriba almashish va barcha darajadagi institutsional hamkorlikni rivojlantirishga chaqiradi. Tabiiy ofatlar qurbonlari xotirasi va qadr-qimmatini hurmat qilish huquqi xalqaro huquq va diplomatiya bilan uzviy ravishda birlashtirilgani ayniqsa muhimdir.
Maqola xulosasida "Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni" g'oyasini ilgari surish orqali O'zbekiston shunchaki o'tmishni yodga olgani yo'q. U hozirgi zamon bilan strategik aloqada bo'lib, yana-da insonparvar, barqaror va birdam dunyo tartibini qurishga hissa qo'shadi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi