Logo

"Hadarmawt" AA: Andijonda turizmni rivojlantirish bo'yicha yangi 20 ta istiqbolli loyiha amalga oshirilmoqda

Sentabr 20, 2025. 15:50 • 2 daq

29
"Hadarmawt" AA: Andijonda turizmni rivojlantirish bo'yicha yangi 20 ta istiqbolli loyiha amalga oshirilmoqda

SANA, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Yamanning "Hadarmawt" axborot agentligi saytida Andijon viloyatining sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan i maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanganidek, bugungi kunda Andijon viloyatida turizmni rivojlantirish bo'yicha muhim dasturlar hayotga tadbiq etilyapti. Turizm maskanlarni obodonlashtirish va yangi yo'nalishlarni tashkil etish, hududga kelayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish kabi muhim vazifalar belgilab olingan. "Turizmni rivojlantirish borasidagi ishlar samarasi o'laroq, 2024-yil davomida viloyatga 499 ming nafar xorijiy, 1 million 650 ming nafardan ziyod mahalliy sayyohlar keldi tashrif buyurdi", – deb yozilgan nashrda.


Maqolada o'tgan yili Germaniyaning Berlin shahrida o'tkazilgan "ITB-Berlin", Tokio shahrida bo'lib o'tgan "Tokio expo Japan – 2024" xalqaro turizm yarmarkalarida, shuningdek, Qirg'izistonda bo'lib o'tgan "Salom O'sh–2024" xalqaro turizm yarmarkasida Andijon viloyatining turizm salohiyati keng targ'ib qilingani qayd etilgan.


Ma'lum qilinishicha, Xonobod shahrida 2024-yilning 29-31-iyul kunlari bo'lib o'tgan "Dunyo sadolari" xalqaro milliy estrada san'ati festivali, oktyabr oyida Andijon shahrida futzal bo'yicha jahon chempionati guruh bosqichi o'yinlari o'tkazilganligi xorijiy sayyohlar tashrifini keskin oshirdi.


Ta'lim turizmi yo'nalishida esa hozirda Andijondagi oliy o'quv yurtlarida 800 nafardan ziyod xorijlik, asosan, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Qozog'iston, Janubiy Koreya, Rossiya va qirg'izistonlik talabalar tahsil olmoqda. 


"Hadarmawt"da e'lon qilingan maqola so'ngida, "2025-yil davomida turizmni rivojlantirish bo'yicha yangi 20 ta istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Jumladan, ayni paytda Andijon shahrida 450 o'rinli 3 ta mehmonxonani qurish ishlari jadal davom etmoqda", – deb yozilgan.  

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish