"London Post": Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvi mintaqaviy diplomatiyaning muhim vositasiga aylandi
Sentabr 23, 2025. 18:30 • 1 daq
• 34
LONDON, 23-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniyaning nufuzli "London Post" elektron nashrida "Davlatlararo hamkorlikdan Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyagacha" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda so'nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasida integratsiya jarayonlari jadal amalga oshayotgani bunda O'zbekiston yetakchisi tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari alohida ahamiyat kasb etishi haqida so'z boradi.
"So'nggi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mintaqaviy diplomatiyaning muhim vositasiga aylandi. Ushbu norasmiy format tufayli davlatlar rahbarlari xavfsizlik, iqtisodiyot, energetika va gumanitar hamkorlik kabi muhim masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqda",– deya qayd etilgan materialda.
Shuningdek, nashrda 2018-yildan to 2025-yilgacha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltita Maslahat uchrashuvi bo'lib o'tgani va yettinchisi joriy yilda Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgani ta'kidlangan.
Ta'kidlanganidek, 2025-yilda Toshkentda bo'lib o'tadigan yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ishlari qizg'in ketmoqda. Tadbir doirasida tadbirkorlar, yoshlar va olimlar forumlari kabi qo'shimcha munozara maydonchalari tashkil etilishi ko'zda tutilgan.
"Muhokamalarning asosiy mavzulari gumanitar aloqalarni rivojlantirish, "yashil" texnologiyalar va energetikani joriy etish bo'ladi. Toshkent ushbu uchrashuvni mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, raqamli transformatsiya va innovatsiyalar dasturlarini ilgari surishning muhim vositasi sifatida baholamoqda", – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi