Logo

"Sahm News" gazetasi: O'zbekiston barqaror rivojlanishni va fuqarolarning munosib hayotini ta'minlovchi innovatsion islohotlarni jahon hamjamiyatiga namoyish etmoqda

Sentabr 20, 2025. 15:06 • 2 daq

49
"Sahm News" gazetasi: O'zbekiston barqaror rivojlanishni va fuqarolarning munosib hayotini ta'minlovchi innovatsion islohotlarni jahon hamjamiyatiga namoyish etmoqda

AR-RIYOZ, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Sahm News" gazetasi saytida "O'zbekistonda kambag'allikka qarshi kurashish: 2030-yilga borib farovonlik tarixiy maqsadi" sarlavhali  maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo'lib o'tgan "Kambag'allikdan farovonlik sari" uchinchi xalqaro forumining ochilish marosimidagi nutqida inklyuziv farovonlikka erishish yo'lidagi ulkan maqsad – 2030-yilgacha O'zbekistonda kambag'allikka to'liq barham berishni e'lon qildi.


"Global muammolar, jumladan, iqtisodiy beqarorlik va iqlim o'zgarishi sharoitida O'zbekiston barqaror rivojlanishga ko'maklashuvchi va fuqarolarning munosib hayotini ta'minlovchi innovatsion islohot modelini olib bormoqda. Keng qamrovli islohotlar tufayli O'zbekiston 7,5 million kishini kambag'allikdan chiqardi, 2024-yilda kambag'allik darajasi 8,9 foizgacha pasaydi, yil oxirigacha uni 6 foizga kamaytirish rejalashtirilgan", – deyilgan nashrda 


Bu o'sish iqtisodiy taraqqiyotning ikki barobar ortishi bilan bog'liq bo'lib, 2024-yil oxiriga kelib aholi jon boshiga daromad 3500 dollarga yetishi kutilmoqda.


Bundan tashqari, pandemiya davrida ajratilgan 8 milliard dollar 5,2 million fuqaroni kambag'allikdan himoya qilishga va iqtisodiy tanazzulning oldini olishga yordam berdi. O'zbekistonda aholining manzilli ijtimoiy reyestrlarini va har bir oila bilan individual ravishda ishlovchi mahalla miqyosidagi tizimni yaratish orqali kambag'allikni qisqartirish bo'yicha innovatsion yondashuv qo'llanilmoqda.

Nashrda ta'kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston 2030-yilgacha kambag'allikni ikki barobarga qisqartirish majburiyatini yana bir bor tasdiqlab, mamlakat kambag'allikni qashshoqlikni tugatishga tayyorligini ma'lum qildi.


"Yangi O'zbekiston" modeli orqali O'zbekiston 2030-yilgacha inklyuziv farovonlikka erishish uchun iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni infratuzilma bilan uyg'unlashtirgan global modelni taqdim etib, muammolarni imkoniyatlarga aylantirish bo'yicha kuchli irodani namoyon etmoqda", – deb yozilgan "Sahm News" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish