Logo

"The Khyber Mail": O'zbekiston Prezidentining suv xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashabbuslari BMT va butun jahon hamjamiyati tomonidan kuchli qo'llab-quvvatlanmoqda

Sentabr 20, 2025. 12:01 • 3 daq

66
"The Khyber Mail": O'zbekiston Prezidentining suv xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashabbuslari BMT va butun jahon hamjamiyati tomonidan kuchli qo'llab-quvvatlanmoqda

ISLOMOBOD, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Pokistonning "The Khyber Mail" elektron nashrida O'zbekiston suv xo'jaligi vazirining o'rinbosari Zokir Ishpo'latov qalamiga mansub "O'zbekiston va BMT: suv xavfsizligi bo'yicha global hamkorlik yo'nalishlari" maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif yozganidek, suv bebaho resurs bo'lib, unga global talab va ehtiyoj muttasil ortib bormoqda. Bugungi sharoitda Markaziy Osiyoda umumiy suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, shuningdek, barqaror rivojlanishga erishishning hal qiluvchi omilidir.


"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning global ekologik muammolarni, xususan, suv xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan konstruktiv takliflari va amaliy tashabbuslari BMT, butun jahon hamjamiyatining keng e'tirofi va kuchli qo'llab-quvvatlashiga sazovor bo'lmoqda", – deyilgan nashrda.


Ta'kidlanishicha, Xususan, O'zbekiston tomoni tashabbusi bilan BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi tashkil etildi, "Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e'lon qilish to'g'risida"gi maxsus rezolyutsiyaning qabul qilindi.


"O'zbekiston Prezidenti 2023-yil 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida sayyoramiz tobora kuchayib borayotgan uchta inqiroz – iqlim o'zgarishi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi va atrof-muhitning ifloslanishiga duch kelayotganini qayd etdi va Markaziy Osiyo iqlim o'zgarishiga eng zaif mintaqalardan biriga aylanib borayotganini ta'kidladi", – deb yozgan muallif.


O'zbekiston tomoni, shuningdek, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, mintaqadagi iqlim o'zgarishining salbiy ta'siri va suv resurslari bilan ta'minlanishning qisqarish tendensiyasi davom etayotgani haqida ma'lumot berdi.


Shundan kelib chiqib, mintaqamizda qabul qilingan "Yashil rivojlanish" dasturi doirasida BMT Bosh kotibining suv resurslari bo'yicha maxsus vakili lavozimini ta'sis etish, suvni tejash texnologiyalari bo'yicha Markaziy Osiyo platformasini yaratish, tizimli hamkorlikni rag'batlantirish qo'llab-quvvatlandi.


Qayd etilishicha, O'zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan suv masalalari bo'yicha hamkorlikni turli darajalarda: ko'p tomonlama, Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi va suvni muvofiqlashtirish bo'yicha davlatlararo komissiya orqali, ikki tomonlama, suvdan foydalanish bo'yicha hukumatlararo ishchi guruhlar orqali izchil rivojlantirmoqda.


"O'zbekiston yetakchisining oqilona siyosati va izchil sa'y-harakatlari samarasida O'zbekiston qo'shni davlatlar bilan do'stona va ishonchli munosabatlar o'rnatib, Markaziy Osiyoning transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish uchun mustahkam zamin yaratdi. Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston bilan mustahkamlangan hamkorlik va erishilgan kelishuvlar tufayli Sirdaryo va Amudaryo havzalarida suv ta'minotini yaxshilashda sezilarli yutuqlarga erishilmoqda", – deya urg'ulangan materialda.


The Khyber Mail" maqolasi xulosasida "O'zbekiston Prezidenti tomonidan BMT va boshqa xalqaro anjumanlarda ilgari surilgan konstruktiv tashabbuslar nafaqat mamlakatimiz va mintaqamiz, balki butun xalqaro hamjamiyat uchun global ekologik muammolarni hal etish, ekologik xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, suv tanqisligining oldini olish, iqlim o'zgarishlariga chidamlilikni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda", – deb yozilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish