Logo

"The New York Times": O'zbekiston shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun milliardlab investitsiyalarni jalb qilmoqda

Sentabr 20, 2025. 12:24 • 2 daq

141
"The New York Times": O'zbekiston shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun milliardlab investitsiyalarni jalb qilmoqda

NYU-YORK, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/. AQShning "The New York Times" gazetasida "Toza energiya muammolarini tushunish uchun biz O'zbekistonga bordik" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, yakshanba kunidan boshlab Nyu-Yorkda siyosatchilar, diplomatlar va boshqa ko'plab taniqli shaxslar Iqlim haftaligiga, BMT Bosh Assambleyasi va boshqa tadbirlarga, shu jumladan iqlimga bag'ishlagan global tadbirga yig'iladi.


"BMT homiyligida bo'lib o'tadigan yillik iqlim yig'ilishi – CORga ham bir necha oy qoldi. Har yili muzokaralar tobora dolzarblik kasb etmoqda. Bu yilgi COR muzokaralari Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tmoqda.


"O'zbekiston rivojlanayotgan davlat bo'lib, Iqlim haftaligi va CORda ko'rsatiladigan ko'plab muammolarga duch kelmoqda", – deyilgan nashrda


Qayd etilishicha, O'zbekiston shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun milliardlab investitsiyalarni jalb qilmoqda.


"O'zbekiston yangi Prezident davrida o'z iqtisodiyotini ochmoqda. O'zbekiston poytaxti Toshkentda men bilan suhbatlashgan hukumat vakillari qayta tiklanadigan energiya manbalariga o'tish asosiy maqsad ekanini bildirishdi. Bu borada BAAning yirik "Masdar" kompaniyasi O'zbekistonda bir necha yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqda", – deya qo'shimcha qiladi muallif.


Maqolada "Biz hamma narsani tezroq va arzonroq qilishni xohlaymiz", – deya O'zbekiston energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov so'zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.


Qayd etilishicha, "Masdar" O'zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalariga yana ko'proq investitsiya kiritish va yangi loyihalar ustida ishlamoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish