Logo

Varshava shahrida O'zbekiston-Polsha oliy ta'lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi bo'lib o'tdi

May 01, 2025. 19:22 • 58 soniya

69
Varshava shahrida O'zbekiston-Polsha oliy ta'lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi bo'lib o'tdi

VARSHAVA, 1-may. /"Dunyo" AA/. Polshaning "Perspektywy" fondi rasmiy saytida Varshava shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Polsha oliy ta'lim muassasalari rektorlarning ikkinchi forumi yakunlariga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Samarqandda bo'lib o'tgan tarixiy uchrashuvidan ikki hafta o'tib Varshavada Polsha va O'zbekiston rektorlarining ikkinchi forumi bo'lib o'tdi", – deyilgan nashrda.


Ma'lum qilinishicha, unda Polsha va O'zbekistonning 50 dan ortiq universitetlaridan vakillar ishtirok etdi. O'zbekiston delegatsiyasiga fan, oliy ta'lim va innovatsiyalar vazirning o'rinbosari, professor Sarvarxon Buzruxonov boshchilik qildi.


Ta'kidlanishicha, forum ikki tomon uchun juda samarali bo'lib o'tdi. Anjuman tomonlarning hamkorlik haqida gapirishdan uni amaliy amalga oshirishga o'tganini tasdiqladi.


Ishtirokchilar universitetlarning fan va ta'lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O'zbekiston va Polsha tajribasini muhokama qilib, ta'lim sifatini ta'minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo'yicha tajriba almashdilar. Shuningdek, O'zbekiston va Polsha oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo'yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko'rib chiqildi.


"O'zbekiston tomoni ikki mamlakat rektorlarining navbatdagi forumini 2026-yil aprel oyida Buxoro shahrida o'tkazishni taklif qildi", – deya ma'lum qilgan "Perspektywy" fondi sayti.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish