Logo

Misr OAV Oʻzbekiston va YUNESKO hamkorligi haqida yozmoqda

Oktabr 12, 2025. 12:20 • 2 daq

42
Misr OAV Oʻzbekiston va YUNESKO hamkorligi haqida yozmoqda

QOHIRA, 12-oktabr. /"Dunyo" AA/. Misrning "MENA" va "Al-Diplomasi" axborot agentliklari hamad "Youm7", "al-Usbu'", "al-Mavke'", "Savt al-Umiya", "Da al-Hilal" kabi elektron nashrlarda "Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi hamkorlik turizm uchun yangi ufqlarni ochmoqda" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

– Oʻzbekiston tobora muhim xalqaro turizm yoʻnalishi sifatida oʻzini namoyon qilmoqda. Boy madaniy meros va noyob tabiiy landshaftlarning uygʻunligi mamlakatni sayohatchilarga Buyuk Ipak yoʻlining haqiqiy xazinasi sifatida ochib beradi. Shuni inobatga olgan holda, YUNESKO bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi: obidalar va hududlarni Butunjahon merosi obyekti sifatida e'tirof etish ularni jahon miqyosida targʻib qilish, sayyohlar orasida qiziqish uygʻotish va Oʻzbekistonning jahon turizm industriyasidagi oʻrnini mustahkamlash imkonini beradi.

"Bugungi kunda mamlakat hududida joylashgan yettita obyekt YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, ulardan uchtasi transchegaraviy, – deyiladi maqolada. – Ularning har biri sayyohlik marshrutlarini rivojlantirish, xalqaro tashrif buyuruvchilar oqimini osonlashtirish va biznes, mehmonxona sanoati, xizmat koʻrsatish sohasi va transport infratuzilmasi uchun yangi imkoniyatlar ochishda muhim rol oʻynaydi"

Ta'kidlanishicha, barqaror turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tabiiy obyektlarning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilishi noyob ekotizimlarni ehtiyotkorlik bilan boshqarish zarurligini ta'kidlasa, madaniy yodgorliklar kelajak avlodlar uchun tarixiy merosni asrab-avaylash muhimligini eslatib turadi. Ushbu yondashuv turizmni nafaqat tashrif buyuruvchilar uchun jozibador qiladi, balki ekologik va madaniy diplomatiya nuqtayi nazaridan ham uygʻun qiladi.

"Shu nuqtayi nazardan, 2025-yilda Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilishi, ayniqsa, ramziy ma'noga ega. Ushbu yirik tadbir 40-yil ichida birinchi marta Fransiya poytaxti tashqarisida oʻtkaziladi. Forum 200 ga yaqin davlatdan delegatlarni jamlaydi va Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyish etish uchun oʻziga xos platforma boʻladi. Mamlakat uchun mazkur tadbir jahon turizmi va sivilizatsiyalar muloqoti markazi maqomini mustahkamlash, soha va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi ufqlarni ochishda muhim qadam boʻladi", – deb yozililgan Misr OAV tarqatgan maqolalarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish