O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar Janubiy Koreya OAV diqqat markazida
Iyun 24, 2025. 16:12 • 2 daq
• 67
SEUL, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mo'g'ulistonga davlat tashrifi oldidan Janubiy Koreyaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston-Mo'g'uliston ikki tomonlama munosabatlariga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, "Diplomacy Journal" jurnalida ushbu mavzuda chop etilgan maqolada O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 25-yanvarda o'rnatilgani ma'lum qilingan.
O'shandan buyon ikki tomonlama muloqot izchil rivojlanib, do'stlik rishtalari, siyosiy anglashuv va ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan o'zaro manfaatdor ekanini namoyon etmoqda.
O'tgan yillar davomida tomonlar suverenitetni hurmat qilish va teng huquqlilik asosida o'zaro munosabatlarni barqaror rivojlantirib kelmoqda.
"So'nggi yillarda O'zbekiston-Mo'g'uliston siyosiy muloqotining faollashgani kuzatilmoqda. Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 2022-yilda SHHTning Samarqand sammitidagi ishtiroki doirasida O'zbekistonga tashrif buyurdi. O'zbekiston va Mo'g'uliston rahbarlari 2023-yil 1-dekabr kuni Dubayda bo'lib o'tgan BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi doirasida ham uchrashdilar", – deyilgan nashrda.
Qayd etilishicha, Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning 2024-yil 23-26-iyun kunlari O'zbekistonga birinchi davlat tashrifi alohida ahamiyatga ega bo'ldi. "Ikki davlat rahbarlarining samarali muzokaralari yakunlari bo'yicha Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to'g'risidagi Qo'shma bayonot, shuningdek, 14ta hukumatlararo va boshqa hujjatlar imzolandi", – deb yozilgan maqolada.
"The Korea News Plus" onlayn-yangiliklar nashri O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga e'tibor qaratdi. Maqolada ta'kidlanganidek, 2019-2024-yillarda O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10,5 baravardan ortiq – 1,9 million dollardan 20,4 million dollarga oshgan. Shu bilan birga, O'zbekiston eksporti 1,5 million dollardan 15,1 million dollarga, import esa 519 ming dollardan 5,31 million dollarga ko'paygan. Birgina 2024 yilning o'zida ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 46,8 foizga, eksport va import hajmi esa 47 foizga o'sdi.
"O'zbekiston eksporti tarkibida eng katta ulush mashina va transport uskunalari – 9,3 million dollar (61,5 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari – 3,55 million dollar (23,5 foiz), shuningdek, xizmatlar, sanoat mahsulotlari, tayyor mahsulotlar, ichimliklar va tamaki mahsulotlariga to'g'ri keladi. Mo'g'ulistondan import asosan oziq-ovqat mahsulotlari – 5,06 million dollar (95,2%), shuningdek, moylar, sanoat tovarlari va kimyo mahsulotlariga to'g'ri keladi. 2025-yilning yanvar-mart oylarida mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 9,7 million dollarni tashkil etib, 2024-yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko'pdir", – deya urg'ulangan materialda.
"The Korea News Plus" elektron nashrida joylashtirilgan maqolada yozilganidek, "Tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirish uchun katta imkoniyatlarga ega".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi