Farian Sabahi: O'zbekiston yetakchisi mintaqa diplomatiyasini jadal rivojlantirmoqda
Noyabr 17, 2025. 22:48 • 3 daq
• 139
RIM, 17-noyabr. /"Dunyo" AA/. Italiyadagi nufuzli "Corriere della Sera" nashri sharhlovchisi, Vareze shahridagi Insubriya universiteti tadqiqotchisi Farian Sabahi "Dunyo" AA uchun intervyusida Toshkent shahri mezbonlik qilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvlari haqida fikr bildirdi:

– Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Prezidenti bo'lganidan so'ng mamlakat tashqi siyosatini, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi qo'shnilariga nisbatan jiddiy o'zgarishlar, mintaqaviy munosabatlarda muhim yaxshilanishlarga erishdi. U O'zbekistonning mintaqaviy diplomatiyasini qayta faollashtirdi va Markaziy Osiyoni yaxlit, o'zaro hamjihat mintaqa sifatida rivojlantirishda muhim o'rin tutdi.
Avvalo, O'zbekiston yetakchisining mintaqaviy muloqotni tiklaganini ta'kidlash lozim. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yil yo'lga qo'yilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mintaqa hamkorligi tarixida tub burilish yasadi. Mintaqa yetakchilari ko'p yillar mobaynida ilq bor tashqi vositachilarsiz tizimli va muntazam muloqotni amalga oshirdi.
Prezidentning Maslahat uchrashuvlari arafasida chop etilgan "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" maqolasida ham Markaziy Osiyoni ishonchli, yaxshi qo'shnichilik va o'zaro hurmat bilan tavsiflanadigan yangi davrga kirgani ta'kidlagan. Materialda 2025-yil mart oyida O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida uch davlatning chegaralari tutashgan nuqta to'g'risidagi Shartnoma va Xo'jand deklaratsiyasining ahamiyati haqida ham to'xtalib o'tilgan.
Chegara masalalarini hal etish va xavfsizlik bo'yicha ishonchni mustahkamlashda O'zbekiston rahbarining xizmatlarini alhoda e'tirof etish zarur. Shavkat Mirziyoyev davrida O'zbekiston qo'shnilar bilan o'zoq yillik chegara masalalarini hal etib, do'stona bordi-keldi aloqalarini qayta tikladi. Xususan, Qirg'iziston va Tojikiston bilan avvalgi ziddiyatlar ochiq, tinch va totuvlik bilan bartaraf etildi. Mintaqa mamlakatlari o'zaro chegaralarni huquqiy jihatdan rasmiylashtirib, o'nlab yillar davomida keskinlik manbai bo'lib kelgan masalaga nuqta qo'yildi.
O'zbekiston Prezidentining chet davlatlar bilan turli yo'nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga chorlovchi tashabbuslari natijasida xalqaro maydonda Markaziy Osiyo alohida e'tibor bilan qabul qilina boshlandi. "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi", "Markaziy Osiyo – Xitoy", "Markaziy Osiyo – Rossiya", "Markaziy Osiyo – AQSH" kabi sammitlarning bo'lib o'tgani mintaqaning global siyosatdagi shiddati va strategik ahamiyati ortib borayotganini tasdiqlaydi. Markaziy Osiyo yetakchilari ishtirokida bunday global formatdagi sammitlarning muntazam tashkil etilishi mintaqa nufuzining tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi