O'zbekiston Prezidentining mamlakat tadbirkorlari bilan an'anaviy uchrashuvlari Qatar OAV nigohida
Dekabr 26, 2024. 09:35 • 2 daq
• 63
DOHA, 31-dekabr. /"Dunyo"AA/. Qatarning "Rahbar International" gazetasida O'zbekiston Prezidentining mamlakat tadbirkorlari bilan an'anaviy uchrashuvlariga bag'ishlagan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallifga ko'ra, joriy yilda O'zbekistonda 700 dan ortiq tadbirkorlik tashabbuslari qo'llab-quvvatlanib, bunda loyihalarga 633 million AQSh dollari, sanoat, qishloq xo'jaligi va infratuzilmani rivojlantirish uchun esa qo'shimcha 1,4 milliard AQSH dollari yo'naltirilgan.
"Bandlik sohasidagi tendensiyalar ham istiqbollidir. 100 dan ortiq kishi ishlaydigan korxonalar soni qariyb 3 mingtaga yetib, 440 mingta yangi ish o'rni yaratildi, – deyiladi maqolada. – Xususiy sektorda 1 milliondan ortiq xodim 400 AQSh dollaridan ortiq maosh oladi, 370 ming nafari esa 791 AQSh dollaridan ortiq maosh oladi".
Qayd etilishicha, davlat xarid strategiyalarida mahalliy mahsulotlarga ustuvorlik beriladi, yirik korxonalar esa ko'p yillik buyurtmalar bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi. Mazkur sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million AQSh dollari yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.
"Yil davomida o'tkazilgan ochiq suhbatlar Prezident, vazirlar va tadbirkorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatilishiga yordam berdi. Ushbu hamkorlik muammolarni birgalikda hal qilishda samarali bo'ldi. O'zbekiston Prezidenti mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'zbekistonlik tadbirkorlarning vatanparvarligi va fidoyiligini yuqori baholadi", – deb ta'kidlagan muallif.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi