Logo

"Al-Diplomasi" AA: O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi – xalq xotirasi va Yangi Uyg'onish davri poydevori

Oktabr 06, 2025. 13:04 • 2 daq

39
"Al-Diplomasi" AA: O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi – xalq xotirasi va Yangi Uyg'onish davri poydevori

QOHIRA, 8-oktyabr./ "Dunyo" AA/. Misrning "Al-Diplomasi" axborot agentligi "Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi... xalq xotirasi va Yangi Uyg'onish poydevori" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, O'zbekiston islomiy o'zlikni shakllantirishda, ilm va ma'rifat kabi ezgulik qadriyatlarini keng yoyishda muhim rol o'ynmoqda. Aynan shu zaminda fiqh, tabobat, falsafaga salmoqli ta'sir ko'rsatgan Imom al-Buxoriy, az-Zamaxshariy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa ko'plab allomalar yetishib chiqqan, ularning merosi bugungi kunga qadar insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilib kelmoqda.

"Bu boy merosni tiklash oddiy o'tmishga hurmat emas, balki Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli milliy loyihadir. Ushbu loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekistonning birinchi va ikkinchi "oltin davri" an'analariga tayangan holda zamonaviylikni ajdodlar buyukligi bilan uyg'unlashtirish va yangi madaniy Renessans davrini barpo etish ekan ta'kidlanadi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkentda 10 gektar maydonni egallagan Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi 2017-yilda boshlangan. Qayd etilishicha, ushbu madaniyat markazi o'zining mahobatli firuza gumbazi, balandligi 65 metrligi, me'morchiligi dunyoning yetakchi muzeylari bilan qiyoslashi bilan ajralib turadigan dunyodagi eng yiriklaridan hisoblanadi.

"Markaz nafaqat muzey, balki islom sivilizatsiyasining jonli ensiklopediyasiga aylanadi. Ko'rgazmalar islomgacha bo'lgan sivilizatsiyalar, birinchi va ikkinchi Renessans davrining gullagan davri, o'zbek xonliklari tarixi, 20-asrdagi o'zgarishlar, zamonaviy Yangi O'zbekistonning shakllanishi – madaniy tiklanishning yangi bosqichini o'z ichiga oladi", – deb yozilgan "Al-Diplomasi" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish