Samarqandda bo'lib o'tgan oliy darajadagi O'zbekiston-Turkmaniston sammiti Qozog'iston OAV diqqat markazida
Aprel 27, 2025. 11:51 • 2 daq
• 43
OSTONA, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning "Kursiv" elektron nashri Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning 23-24-aprel kunlari Samarqand shahriga buyurgan tashrifini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma'lum qilinganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqand shahrida ikki tomonlama muzokara o'tkazdilar.
"Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,1 milliard dollarga yetganini ta'kidladilar. Kelgusida bu ko'rsatkichni 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Toshkent va Ashxobod ham Shovot-Toshhovuz savdo zonasi ustida ishlamoqda", – deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, ushbu nashr O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni "Oliy Darajali Do'stlik" ordeni bilan taqdirlagani haqidagi xabarni o'z o'quvchilari o'rtasida tarqatdi.
Qayd etilganidek, Gurbanguli Berdimuhamedovning qardosh mamlakatlarimiz o'rtasidagi an'anaviy do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun mukofotiga sazovor bo'ldi.
"O'zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi tomonidan ilgari surilayotgan global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash yo'lidagi xalqaro tashabbuslarni alohida qayd etdi. Shu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025 yilni "Tinchlik va ishonch yili" deb e'lon qilish to'g'risidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qo'llab-quvvatlangani ta'kidlandi" – deb yozgan "Kursiv".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi