Logo

"Forbes" jurnali: Trampning Oʻzbekiston Prezidenti bilan uchrashuvi har ikki tomon uchun katta strategik gʻalabadir

Oktabr 03, 2025. 18:07 • 2 daq

50
"Forbes" jurnali: Trampning Oʻzbekiston Prezidenti bilan uchrashuvi har ikki tomon uchun katta strategik gʻalabadir

TOSHKENT, 5-oktabr /Dunyo" AA/. Amerikaning mashhur "Forbes" jurnalida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga bagʻishlangan maqola chop etildi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Trampning Oʻzbekiston Prezidenti bilan uchrashuvi har ikki tomon uchun ham katta strategik gʻalaba" sarlavhali maqolada Oʻzbekiston BMT Bosh Assambleyasining yaqinda Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan tadbirlarida, shubhasiz, sanoqli gʻoliblar qatoriga kirgani ta'kidlangan. "Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Tramp bilan kameralar qarshisida shaxsan uchrashdi", – deya ma'lum qilingan manbada.

Nashrda qayd etilganidek, tashrif davomida Oʻzbekiston Prezidenti Amerikaning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashib boʻlajak sarmoya va qoʻshma loyihalarni muhokama qilgan.

Ta'kidlanishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishganidan soʻng Oʻzbekiston-AQSH oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi toʻrt barobarga oshdi, hozirgi kunda 300 ta Amerika kompaniyasi ushbu mamlakatda ishlamoqda.

"Togʻ-kon sanoati, xususan, strategik metallar va nodir yer elementlari ustuvor yoʻnalishlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turadi. Uchrashuvda togʻ-kon va foydali qazilmalarni qayta ishlashdan tashqari, bank ishi, axborot texnologiyalari, transport va energetika infratuzilmasi va boshqa koʻplab masalalar ham muhokama qilindi", – deyilgan maqolada.

"Forbes" jurnali xulosasida, Qoʻshma Shtatlar Toshkent bilan tijoriy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda davom etishi zarurligi qayd etilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish