"Industriya Yevrazii": O'zbekistonda "yashil" rivojlanish umummilliy harakat darajasiga ko'tarilgan
Oktabr 05, 2025. 10:24 • 54 soniya
• 48
MOSKVA, 7 oktyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning nufuzli "Industriya Yevrazii" jurnalida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Akmal Saidovning "Yangi O'zbekiston: rivojlanishning "yashil" yo'li" sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev o'z chiqishlarida barqaror "yashil" rivojlanish kun tartibini kelajak avlodlar farovonligi uchun muhim vosita sifatida doimiy ravishda ilgari surib keladi.
Ta'kidlanganidek, O'zbekiston uzoq muddatli barqaror o'sish uchun asos yaratib, "yashil" transformatsiya tamoyillarini o'zining rivojlanish strategiyalariga faol ravishda integratsiya qilmoqda.
"O'zbekistonda "yashil" rivojlanish umummilliy harakat darajasiga ko'tarilgan. Yangi O'zbekistonning "yashil" yo'nalishga o'tishidan asosiy maqsad – inson qadr-qimmatini ta'minlash, aholi farovonligini oshirish va fuqarolarning fundamental huquqlarini himoya qilishdir", – deb yozgan muallif.
Shuningdek, materialda, O'zbekiston ekologik maqsadlarni iqtisodiy o'sish va ijtimoiy adolat bilan uyg'unlashtirgan holda, barqaror "yashil" rivojlanishning o'ziga xos namunasiga aylanayotgani qayd etilgan.
"Yashil iqtisodiyot tamoyillari milliy rejalashtirishga tobora ko'proq integratsiya qilinmoqda. Bu esa O'zbekistonni xalqaro "yashil" kun tartibining nafaqat ishtirokchisi, balki faol drayveriga aylanishiga ham ulkan hissa qo'shadi", – deb yozgan muallif o'z xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi