"Kitay" jurnali: 4-5-aprel kunlari birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi bo'lib o'tadi
Mart 29, 2025. 14:53 • 58 soniya
• 167
PEKIN, 31-mart. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Kitay" elektron nashrida birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda joriy yilning 4-5-aprel kunlari "Silk Road Samarkand" kongress markazida birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi bo'lib o'tishi ta'kidlangan. Tadbirda jahon yetakchilari, siyosatchilar, ekspertlar va faollar ishtirokida Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar duch kelayotgan dolzarb iqlim muammolari muhokama qilinadi.
"Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka alohida e'tibor qaratilib, ekologik toza "yashil" energiya, suv resurslarini kompleks boshqarish, bioxilma-xillikni saqlash va shaharlarni barqaror rivojlantirish kabi muhim yo'nalishlarni qamrab olgan ekspert muhokamalari, yalpi majlislar va strategik muloqotlar o'tkaziladi", – deyilgan nashrda.
Muhokamalarning eng muhim mavzularidan biri Orol dengizi inqirozi bo'lishi urg'ulangan. "Ekspertlar va siyosatchilar zarar ko'rgan hududlarda yerlarni tiklash, cho'llanishga qarshi kurashish va iqlim o'zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini kamaytirish masalalarini ko'rib chiqadilar", – deyilgan materialda.
"Tadbirning asosiy natijasi Samarqand forumining yakuniy hujjati – "Yashil" taraqqiyot Mintaqaviy konsepsiyasi taqdimoti bo'lib, u iqlim o'zgarishi sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror rivojlanish bo'yicha umumiy qarashlarini shakllantirish uchun asos yaratadi", – deb yozgan "Kitay" jurnali.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi