"Lookwe" jurnali: O'zbekistonning BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo'lidagi muvaffaqiyati uning chegaralaridan tashqarida ham e'tirof etilayapti
Sentabr 20, 2025. 11:58 • 2 daq
• 75
PEKIN, 21-sentabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Lookwe" jurnalida "Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha O'zbekiston tashabbuslari" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Unda BMT Bosh Assambleyasining barqaror va inklyuziv o'sishga bag'ishlangan 80-sessiyasi joriy yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida bo'lib o'tishi ma'lum qilingan. Iqlim o'zgarishi, oziq-ovqat va energiya xavfsizligi va global noaniqlik kuchayayotgan bir paytda mamlakatlar o'z islohotlarini 2030-yilgi kun tartibiga qanday moslashayotganiga alohida e'tibor qaratmoqda.
"O'zbekiston uchun bu lahza bor-yo'g'i sakkiz yil ichida qanday qilib ichki islohotlar xalqaro taraqqiyot jarayonining bir qismiga aylanganini ko'rsatish imkoniyatini beradi. 2025-yil iyun holatiga ko'ra, O'zbekiston BMT global BRM indeksida 73,1 ball bilan 167 davlat orasida 62-o'rinni egalladi, – deb yozilgan nashrda. – Ushbu reyting doimiy tuzilmaviy muammolarga qaramay, milliy va xalqaro majburiyatlarni bajarishda barqaror taraqqiyotni ta'kidlaydi".
Qayd etilishicha, O'zbekistonning BRMga erishish yo'lidagi muvaffaqiyati uning chegaralaridan tashqarida ham e'tirof etilayapti.
Xitoy OAV yozganidek, O'zbekiston xalqaro suv konvensiyalarida ham ishtirok etadi va BMTTD, YEKAT, Global suv hamkorligi va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan ishlaydi.
"Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hisob-kitoblariga ko'ra (2023-yil), 2022-yilda davlat xarajatlarining taxminan 71 foizi BRM bilan o'zaro bog'langan. Muhim ulush ijtimoiy maqsadlarga, jumladan kambag'allikni qisqartirish uchun taxminan 415 million AQSh dollari (BMR 1), sog'liqni saqlash uchun 1,2 milliard AQSh dollari (BRM 3) va ta'lim uchun 2,7 milliard AQSH dollari (BMR 4) ajratilgan", – deb yozgan nashr.
Maqolada, shuningdek, so'nggi sakkiz yil ichida O'zbekiston ichki islohotlarni "BMT–2030" kun tartibiga muvofiqlashtirish, bir vaqtning o'zida innovatsion moliyaviy vositalarni joriy etish va yangi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish qobiliyatini namoyish etgani ta'kidlangan. Biroq, demografik bosim, suv tanqisligi va iqlim xavflari tizimli javobni talab qiladi.
Keyingi qadamlar islohotlarni chuqurlashtirish, "yashil" moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va iqlim bo'yicha global muzokaralarda faol ishtirok etishga bog'liq bo'ladi.
"2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va "O'zbekiston 2030" strategiyasi respublika taraqqiyotiga zarur poydevor yaratdi. Biroq, ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi izchil islohotlar va xalqaro jarayonlarga integratsiyaga bog'liq", – deb yozilgan "Lookwe" maqolasi xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi