Logo

Mamlakatimizning Jizzax vohasida qaror topgan tarixiy va madaniy merosi Saudiya Arabistoni OAV diqqat markazida

Sentabr 27, 2023. 16:00 • 2 daq

44
Mamlakatimizning Jizzax vohasida qaror topgan tarixiy va madaniy merosi Saudiya Arabistoni OAV diqqat markazida

JIDDA, 27-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Swift News" elektron nashri sahifasida "O'zbekiston Jizzax vohasi... tarixiy va madaniy meros" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Unda Jizzax vohasi asrlar qa'riga borib taqaladigan tarixiy mintaqa bo'lib, hududning tabiati bir qarashdayoq sayyohlarni o'ziga maftun qilishi qayd etilgan.

Maqolada ushbu voha O'zbekistonning go'zal manzaralarini o'rganishga arziydigan ajoyib maskanlardan biri hisoblanishi, u fauna va floraga boy ekanligi, shu bois Jizzax viloyatini O'zbekistonning markaziy qismidagi eng go'zallar hududlardan biri, deb atash imkonini berishi ta'kidlangan.

Maqolada Zomin davlat qo'riqxonasi, Nurota qo'riqxonasiga oid atroflicha ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. Jumladan go'zallikda betakror tog' landshaftlari, noyob o'simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, ko'plab tarixiy va madaniy yodgorliklari sayyohlar e'tiborini tortishi ma'lum qilingan.

Xususan, ushbu hududdan topilgan turli arxeologiya yodgorliklari, petrogliflar, qabristonlar, o'rta asrlarga oid tarixiy-madaniy osori-atiqalar va qadimgi qishloq xo'jaligi inshootlari ming yillik tarixga borib taqalishi qayd etilgan.

Unda, shuningdek, hududdagi Amir Temur darvozasi, Majrum o'rmonlari, Zomin milliy bog'i, sog'lomlashtirish oromgohiga oid va boshqa ko'pgina maskanlarga doir muhim ma'lumotlar ham o'quvchilarning e'tiboriga havola qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish