Pokiston OAV: O'zbekistonda "yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi konstitutsiyaviy maqom darajasiga ko'tarilgan
May 15, 2025. 10:07 • 2 daq
• 43
ISLOMOBOD, 15-may. /"Dunyo" AA/. Pokistonning "Pakistan in the World" jurnali, "Daily Big Digit" gazetasi, "The Gulf Observer", "The Europe Today" va "World News" yangiliklar portallarida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, akademik Akmal Saidovning "Yangi O'zbekiston: taraqqiyotning "yashil" yo'li" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O'zbekistonning ekologik siyosatga asoslangan istiqbolli taraqqiyot yo'li atroflicha yoritilgan.
Maqolalarda XXI asrda global iqlim o'zgarishi, suv resurslari tanqisligi va biologik xilma-xillikning yo'qolishi insoniyat oldida turgan eng muhim muammolar sifatida ta'kidlangan. "Bunday sharoitda O'zbekiston tomonidan tanlangan "yashil rivojlanish" yo'li nafaqat milliy taraqqiyot, balki mintaqaviy xavfsizlik va global barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyadir", – deya qayd etgan muallif.
Pokiston OAV Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-2025-yillar davomida iqlim o'zgarishiga qarshi kurash borasida ilgari surgan 54 ta amaliy tashabbusini va O'zbekistonda barqaror rivojlanish sohasida olib borilayotgan kompleks islohotlarni tahlil qilgan. Xususan, iqlim o'zgarishiga moslashish, qayta tiklanuvchi energetikaga o'tish, Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar hududiga aylantirish, suv resurslarini samarali boshqarish va xalqaro ekologik hamkorlik yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratilgan.
"O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2021-yili qabul qilingan maxsus rezolyutsiya orqali Orolbo'yi hududining "ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" deb e'lon qilinishi mamlakatning xalqaro miqyosda ekologik diplomatiyasidagi muhim yutuqlaridan biridir. Shu bilan birga, Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida, COP28, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitlari doirasida ilgari surgan "yashil" tashabbuslari, xususan, "yashil energetika makoni", "yashil belbog'" va "Iqlim texnologiyalari xalqaro ekspo-xabi" kabi tashabbuslari muhim ahamiyatga ega", – deb ta'kidlagan nashrlarda.
Maqolalarda O'zbekistonda "yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi Konstitutsiyaviy siyosat darajasiga ko'tarilgani, ekologik madaniyatni shakllantirish, yosh avlodni ekologik tafakkur ruhida tarbiyalashga ham alohida e'tibor qaratilayotgani ham urg'ulangan.
Qayd etilishicha, "Toshkent – yashil poytaxt" loyihasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, raqamlashtirilgan qishloq xo'jaligi va ekotexnologiyalarga asoslangan startaplarni jiddiy qo'llab-quvvatlash kabi amaliy ishlar ham e'tiborga loyiqdir.
"O'zbekistonning "yashil" taraqqiyot borasidagi tajribasi xalqaro maydonda ham e'tirof etilyapti. Xalqaro hamjamiyat mamlakatning nafaqat mintaqaviy, balki global darajada barqaror "yashil" taraqqiyotning faol tarafdori ekanligi yuksak baholamoqda", – deb yozgan Pokiston OAV.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi