Polsha OAV: 2018-yildan buyon O'zbekistonda yengil va tijorat avtomobillari eksporti qariyb o'n baravardan ziyodga oshdi
Iyun 19, 2025. 11:28 • 2 daq
• 47
VARSHAVA, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Polshaning nufuzli "www.wnp.pl" elektron portalida "Orlen Oil" bosh direktori: "Lotos – O'zbekistondagi eng kuchli moy brendlaridan biri" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda "Orlen Oil" kompaniyasi O'zbekiston motor moylari bozorida o'n foizga yaqin ulushga ega va eng yirik besh ishlab chiqaruvchilar qatoriga kirishi ma'lum qilingan.
"Orlen Oil" tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar assortimenti juda keng, chunki yengil va yuk avtomobillari uchun motor moylaridan tashqari, biz transmissiya moylari, gidravlik moylar, shuningdek, sanoatda, masalan, elektr energetikasida ishlatiladigan turbinalar uchun maxsus mahsulotlarni ham sotamiz", –deya kompaniya bosh direktori Arkadiush Trelaning fikrlardan iqtibos keltirilgan nashrda.
Shuningdek, materialda Toshkentda bo'lib o'tgan ko'rgazmada "Orlen Oil" neft mahsulotlarining o'zbekistonlik distribyutori o'z stendini taqdim etdi.
"Kompaniya xalqaro bozorlarda juda barqaror ishlab chiqaruvchi sifatida qabul qilinadi, u dunyodagi vaziyatdan qat'iy nazar, o'z mahsulotlarini hech qanday kechikishlarsiz yetkazib beradi. O'zbekistonda 16 yil davomida mavjud bo'lganimizda hech qachon shikoyatlar bo'lmagan", – deb ta'kidlagan kompaniya rahbari.
Shuningdek, nashrda, O'zbekiston avtomobil sektori mamlakatdagi eng dinamik sohalardan biri sifatida, mahalliy iqtisodiyotning asosiy ustunlaridan biri bo'lib qolayotgani hamda yiliga 5,5 milliard AQSh dollari daromad keltirayotgani alohida urg'ulangan.
"O'zbekistonda yengil avtomobillar, shu jumladan elektr va gibrid avtomobillar, shuningdek, avtobuslar, yuk mashinalari, qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqariladi. 2018 yildan buyon O'zbekistonda yengil va tijorat avtomobillari eksportining umumiy hajmi qariyb o'n baravardan ziyodga oshdi", – deb yozgan o'z xulosasida muallif.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi