Yaqin Sharq mamlakatlarining yetakchi OAV O'zbekiston sayyohlik salohiyati haqida yozmoqda
May 10, 2025. 12:24 • 2 daq
• 72
AR-RIYOZ, 10-may. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistoni, Yaman va Iordaniyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari O'zbekiston sayyohlik salohiyatini keng yoritmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.
Jumladan, Yamanning "Hadarmawt" elektron nashrida "O'zbekistonga ilk bor bir oyda 1 milliondan ko'p xorijiy sayyoh keldi" sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Unda shu yil aprel oyida O'zbekistonga 1 milliondan ziyod xorijiy sayyoh kelgani ta'kidlangan. Qayd etilishicha, bu mamlakatda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, ochiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash natijasidir.
Yaman elektron nashriga ko'ra, O'zbekiston Prezidentining turizmni strategik tarmoq sifatida rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari hamda sohaga investitsiyalar jalb etilishi, vizasiz rejimlarni kengaytirish, xalqaro turistik yarmarka va forumlarda faol ishtirok etish mamlakatimiz jozibadorligini yana-da oshirmoqda.
"Kelgusida ham sohani yana-da rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos xizmat turlarini kengaytirish hamda ekologik va barqaror turizm yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlash orqali O'zbekistonni jahon miqyosida raqobatbardosh va jozibador turistik yo'nalishga aylantirish maqsad qilingan", – deyilgan maqolada.
Saudiya Arabistonining "Sahm news" nashri esa "Xorazmning turizm salohiyatida yana bir gavhar" sarlavhali maqolani o'quvchilari e'tiboriga taqdim qildi. Unda Xivada yangi "Arda Xiva" majmuasi bunyod etilgani, uning ochilishida O'zbekiston Prezidenti ishtirok etgani xabar qilingan.
Majmua qadim kent ichra yana bir betakror shaharni eslatadi. Mazkur maskan o'zida tarix va bugunni uyg'unlashtirgan me'moriy yechimi bilan noyob loyiha sanaladi.
"Arda Xiva" hududdagi 25 gektarlik past unumli, sho'rxok maydonda qurildi. Uning bir tomoni 150 gektarlik G'ovuk ko'lga tutashib ketgani, bu maydonlarda esa yashil hududlar tashkil etilayotgani loyihani sayyohlar uchun yanada jozibador ko'rsatishga xizmat qiladi, – deb yozgan Saudiya OAV.
Iordaniyaning "Ammon News" gazetasi Yaqin Sharq turizm bozorida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bo'lgan qiziqish keskin oshgani haqida yozdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi