Logo

"Sahm News": O'zbekiston dunyoda konstruktiv diplomatiya va yaxshi qo'shnichilik siyosatining o'ziga xos namunasi sifatida ajralib turadi

Sentabr 20, 2025. 13:44 • 2 daq

30
"Sahm News": O'zbekiston dunyoda konstruktiv diplomatiya va yaxshi qo'shnichilik siyosatining o'ziga xos namunasi sifatida ajralib turadi

AR-RIYOZ, 21-sentabr. "Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining ommabop "Sahm News" elektron nashrida "O'zbekiston – Markaziy Osiyo qalbida tinchlik muhandisi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Mojarolar tufayli parchalanib ketgan, kuchlar dinamikasi har kuni o'zgarib borayotgan dunyoda O'zbekiston konstruktiv diplomatiya va yaxshi qo'shnichilik siyosatining o'ziga xos namunasi sifatida ajralib turadi, – deya urg'ulangan maqola muqaddimasida. – Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Markaziy Osiyoning ushbu davlati tinchlik va hamkorlik tashabbuslari orqali mintaqaviy munosabatlarni qayta belgilab, yetakchi mintaqaviy davlat sifatida maydonga chiqdi". O'zbekiston diplomatiya orqali nafaqat o'zining ichki barqarorligini mustahkamlash, balki Markaziy Osiyoni hamjihatlik va barqaror rivojlanish mintaqasiga aylantirishga intilib, qit'a markazida yangi tartib yaratuvchisi sifatida jahon e'tiborini o'ziga tortmoqda.

"O'zbekistonning yaxshi qo'shnichilik siyosati uchta asosiy yo'nalish bilan tavsiflanadi: birinchidan, qo'shni davlatlar barqarorlikka birgalikda intilayotgani sababli ziddiyatlarga yo'l qo'ymaslik uchun mintaqaviy konsensusni ilgari surish. Ikkinchidan, O'zbekiston tashqi siyosatining mintaqaviy muloqotga ta'siri, o'zaro tushunishni kuchaytirish. Uchinchidan, mas'uliyatli mintaqaviy kuch sifatida xalqaro e'tirofga ega bo'lish. Bu xususiyatlar xalqaro miqyosda raqobatdan ko'ra konstruktiv muloqot va hamkorlikka intilayotgan davlat sifatida qabul qilingan O'zbekistonni Markaziy Osiyodagi o'zgarishlar yetakchisiga aylantiradi", – qayd etgan muallif.

Nashrda ta'kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O'zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash, hamkorlik va tinchlikka yagona qarashni taklif etuvchi yetakchi diplomatik kuchga aylandi. 2025-yil 31-mart kuni Tojikistonda bo'lib o'tgan va O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston rahbarlarini birlashtirgan tarixiy Xo'jand sammitida O'zbekiston muhim rol o'ynadi.

"Sammit yakunida uch mamlakat davlat chegaralari to'g'risidagi shartnoma va "Abadiy do'stlik to'g'risida"gi Xo'jand deklaratsiyasi imzolandi", – deb yozilgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish