Shvetsiya OAV: O'zbekistonning sayyohlik tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlanmoqda
Sentabr 30, 2025. 18:29 • 2 daq
• 64
STOKGOLM, 30-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Shvetsiyaning nufuzli "Savamedia nashrida "O'zbekiston va BMT turizm: sohani tubdan o'zgartirayotgan hamkorlik" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada O'zbekiston hukumati turizm sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotgani va buning samarasi o'laroq bugun butun dunyodan, jumladan, Shvetsiyadan ham sayyohlar mamlakatning Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy maskanlariga sayohat qilish uchun ulkan qiziqish bildirayotgani qayd etilgan.
"2025-yilning yanvar-avgust oylarida O'zbekistonga 7,5 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko'rsatkich mamlakatning jahon turizm xaritasidagi o'rni barqaror o'sayotganini aks ettirish bilan birga, infratuzilmani rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va madaniy merosni saqlash bo'yicha keng ko'lamli sa'y-harakatlarning amaliy natijasini namoyon etadi", – deb yozilgan nashrda.
Ta'kidlanishicha, so'nggi yillarda sohaga oid O'zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan bir ovozdan ma'qullanmoqda.
"O'zbekiston taklifiga ko'ra, BMT Bosh Assambleyasi 2027-yilni "Barqaror va yashovchan turizm xalqaro yili" deb e'lon qildi. Bu mamlakatning 80 dan ortiq BMTga a'zo davlat tomonidan qo'llab-quvvatlangan tashabbusining muhim e'tirofi bo'ldi. O'zbekiston shu bilan birga, ushbu sohada xalqaro standartlarni o'rnatishga qaratilgan Global xavfsiz turizm kodeksini yaratish taklifi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun hukumatlararo komissiya tuzilib, unga O'zbekiston bir ovozdan rais etib saylandi. Nihoyat, 2025-yil fevral oyida mamlakat Turistlarni himoya qilish xalqaro kodeksiga rasman qo'shilib, sayohatchilar huquqlari va zamonaviy xavfsizlik standartlariga sodiqligini tasdiqladi", – deya urg'ulangan materialda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi