Ukraina OAV: Ko'plab xorijliklar O'zbekistonda biznes, professional o'sish va farovon hayot uchun istiqbollarni ko'rmoqda
Oktabr 07, 2025. 16:04 • 2 daq
• 35
KIYEV, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ukrainaning nufuzli "First Truth&Transparency Committee" axborot agentligi tomonidan "O'zbekistondagi demografik o'sish paradoksal ko'rinish kasb etmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston tarixida birinchi marta misli ko'rilmagan voqea yuz berdi — mamlakatga kirib kelayotganlar soni uni tark etayotganlar sonidan oshib ketdi. So'nggi statistik ma'lumotlarga ko'ra, bir yil davomida O'zbekistonga 9 milliondan ortiq sayyoh va doimiy yashash uchun ushbu mamlakatni tanlagan 38 mingga yaqin xorijiy fuqaro kelgan. Shu bilan birga, mamlakatdan chiqib ketganlar soni atigi 10 ming kishini tashkil etgan. Bu demografik siljish O'zbekistonning turizm va migratsiya yo'nalishi sifatida jozibadorligi sezilarli darajada oshganini aks ettiradi", – deya ta'kidlangan maqola muqaddimasida.
Shuningdek, nashrda sayyohlar oqimining ko'payishi turizm sohasidagi maqsadli islohotlar natijasi ekanligi qayd etilgan. Hukumat infratuzilmani faol rivojlantirmoqda, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilamoqda va mamlakatning madaniy merosini xorijda targ'ib qilmoqda. Boy tarixiy obidalar, qulay kurortlar, milliy oshxona va an'anaviy mehmondo'stlik O'zbekistonni butun dunyo sayohatchilari uchun orzu qilingan maskanga aylantirmoqda.
"Sayyohlar oqimining bu kabi o'sishi iqtisodiyotni rag'batlantiradi, xizmat ko'rsatish sektorini kengaytiradi va yangi ish o'rinlarini yaratadi. Boshqa mamlakatlardan kelgan doimiy rezidentlar sonining ortib borayotgani esa O'zbekistondagi qulay iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlardan dalolat beradi. Ko'plab xorijliklar mamlakatda biznes, professional o'sish va farovon hayot uchun istiqbollarni ko'rmoqda", – deb yozgan muallif.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi