O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi Eronning markaziy ommaviy axborot vositalari nigohida
Sentabr 25, 2025. 19:08 • 2 daq
• 88
TEHRON, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Eronning markaziy "Fars News" va "Iran Roshan News" axborot agentliklari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ularda yozilganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq so'zlab, kuchayib borayotgan xalqaro muammolar sharoitida global birdamlik, muloqot va hamkorlikni yana-da kuchaytirishga chaqirdi.
Eron OAV ma'lum qilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev so'zining avvalida ishtirokchilarni BMT Bosh Assambleyasining yubiley anjumani – 80-sessiyasi bilan samimiy qutladi. Mazkur yig'ilish shiddat bilan o'zgarayotgan murakkab global vaziyatda o'tayotgani, bu esa Tashkilot faoliyati va uning kelajagiga yangicha yondashuvlar bilan qarashga chorlayotganini qayd etdi.
O'zbekiston Prezidenti tobora o'tkir tus olayotgan iqlim o'zgarishi muammolariga ham alohida to'xtaldi. Qayd etilganidek, Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlari jahon hamjamiyatining doimiy diqqat markazida bo'lishi lozim. "Biz Orolbo'yi ekotizimini qayta tiklash bo'yicha ishlarni izchil davom ettiryapmiz. So'nggi yillarda dengizning qurigan tubida 2 million gektar maydonda sho'rga chidamli cho'l o'simliklari ekildi. 2030-yilgacha ushbu hududning 80 foiz qismida yashil qoplamalar hosil qilinadi", – deya O'zbekiston Prezidenti so'zlaridan iqtibos keltirilgan nashrlarda.
Qayd etilganidek, suv resurslarining taqchilligi muammosiga to'xtalar ekan, Prezident O'zbekistonda Suvni tejash bo'yicha butunjahon forumini o'tkazish rejalashtirilganini ta'kidladi.
Maqolalarda mazkur anjuman yakunlari bo'yicha Suv inqirozini barqaror taraqqiyot uchun jiddiy tahdid sifatida belgilash va bu borada global darajada innovatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun alohida "yo'l xaritasi"ni qabul qilish rejalashtirilgani xabar qilingan.
"Xavfsizlik mavzusi davomida O'zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini bajarish bo'yicha samarali ishlarni qayd etdi. BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari bo'yicha Mintaqaviy Kengashni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirish taklif etildi. Markaz muammoli hududlardan qaytarilgan shaxslarni tinch hayotga moslashtirish bo'yicha tajriba almashish uchun muhim platforma bo'lib xizmat qiladi.
"O'zbekiston Prezidenti BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini O'zbekistonda ochish uchun zarur sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi", – deyilgan maqolalarda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi