Logo

O'zbekiston delegatsiyasi BMTning Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasini imzolash marosimida ishtirok etdi

Oktabr 27, 2025. 11:41 • 50 soniya

305
O'zbekiston delegatsiyasi BMTning Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasini imzolash marosimida ishtirok etdi

XANOY, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi BMTning Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasini imzolash marosimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xanoy shahrida bo'lib o'tgan anjumanda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Vyetnam Prezidenti Luong Kuong, BMT Bosh kotibi o'rinbosari, Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ijrochi direktori Gada Vali hamda 100 dan ortiq mamlakatdan ikki mingga yaqin delegat qatnashdi.

O'zbekiston BMTning Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasi loyihasini ishlab chiqishda va uni muvofiqlashtirish bilan bog'liq jarayonning barcha bosqichlarida faol ishtirok etgan davlatlar qatoriga kiradi.

Ushbu hujjatning xalqaro miqyosda qabul qilinishi raqamli makonning xavfsiz va barqaror rivojlanishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov O'zbekiston Hukumati nomidan BMT hujjatini imzoladi hamda Plenar sessiyasida nutq so'zladi.

Ma'ruzada, shuningdek, O'zbekiston amalga oshirilayotgan axborot xavfsizligini ta'minlash va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha davlat siyosati va bu sohada amalga oshirilayotgan keng islohotlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish