Pekindan munosabat: Boku forumida O‘zbekistonning barqaror shaharsozlik siyosati yuqori baholandi

May 19, 2026. 18:45 • 2 daq

101
Pekindan munosabat: Boku forumida O‘zbekistonning barqaror shaharsozlik siyosati yuqori baholandi

PEKIN, 19-may /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Diplomat” jurnali bosh muharriri Jen Donpin “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining 17–18-may kunlari Boku shahriga amaliy tashrifi hamda Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlaridagi ishtiroki xususida o‘z munosabatini bildirdi:

– Xitoyda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalq farovonligi va manfaatlariga yuksak eʼtibor qaratayotgani yaxshi maʼlum. Yangilangan Konstitutsiya va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida inson qadri va xalq manfaati ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilgani bejiz emas.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston yetakchisining Boku forumidagi ishtirokini urbanizatsiya sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, fikr va tajriba almashish hamda ularni keyinchalik mamlakat hududlarida samarali joriy etishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholaymiz.

Bugungi kunda O‘zbekiston shaharlari yil sayin zamonaviy qiyofa kasb etib, yangi infratuzilma va meʼmoriy yechimlar tarixiy meros bilan uyg‘unlashib borayotganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, xalqaro anjumanlar markaziga aylangan Samarqand bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu o‘zgarishlar mamlakatda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir.

Dunyoning ko‘plab davlatlarida demografik pasayish kuzatilayotgan bir sharoitda O‘zbekiston aholisining har yili qariyb bir million kishiga ko‘payib borayotgani diqqatga sazovor. Bu esa nafaqat yangi uy-joylar qurish, balki barqaror, xavfsiz va inklyuziv shaharlar barpo etish vazifasini ham yanada dolzarblashtirmoqda.

Shu bilan birga, mazkur forumda Xitoy tomonidan Si Szinpinning maxsus vakili sifatida XXP Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Davlat kengashi Bosh vazirining o‘rinbosari Chjan Gotsin ishtirok etgani ham Bokudagi anjumanning xalqaro ahamiyati yuksak ekanini ko‘rsatadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish