Logo

BMT Bosh Assambleyasi O'zbekiston tashabbusi bilan O'rmonzorlashtirish va o'rmon tiklash dekadasi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Aprel 28, 2025. 19:20 • 44 soniya

870
BMT Bosh Assambleyasi O'zbekiston tashabbusi bilan O'rmonzorlashtirish va o'rmon tiklash dekadasi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

TOSHKENT, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi O'zbekiston tashabbusi bilan "Barqaror o'rmon xo'jaligi asosida o'rmonzorlashtirish va o'rmon tiklash bo'yicha harakatlar dekadasi" nomli rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Rezolyutsiya hammualliflari 80 dan ortiq davlat bo'lib, ular dunyoning barcha mintaqalarini, jumladan Markaziy Osiyo davlatlarini hamda Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar va Bahraynni o'z ichiga oladi.

Ushbu hujjat O'zbekiston Prezidentining asosiy tashabbuslari, jumladan "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili" davlat dasturi, "Yashil makon" umummilliy loyihasi va "Markaziy Osiyo "yashil" kamar" daraxt ekish aksiyasi asosida yaratilgan.

Rezolyutsiya 2027-2036-yillarni O'rmonzorlashtirish va o'rmon tiklash harakatlar dekadasi deb e'lon qiladi, kuch va resurslarni mobilizatsiya qilishga chaqiradi, shuningdek, davlatlar va tashkilotlarga tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirishni tavsiya etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish