Islom hamkorlik tashkiloti O'zbekiston bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor
May 06, 2024. 15:59 • 31 soniya
• 199
BANJUL, 6-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Gambiya poytaxtida o'tayotgan Islom hamkorlik tashkilotining 15-sammitida ishtiroki davomida tashkilot bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi O'zbekiston Prezidenti va xalqiga o'zining samimiy hurmatini bildirib, mamlakatimizning tashkilot ishida faollik ko'rsatayotganini, qator tashabbuslarni ilgari surayotganini yuqori baholadi.
Shuningdek, O'zbekitiston, o'zining boy tarixiy-madaniy merosi bilan IHT faoliyatida islom olamining birdamligi va hamjihatligini ta'minlashda munosib hissa qo'shayotgani alohida urg'ulandi.
IHT Bosh kotibi O'zbekiston bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot