Italiyadan munosabat: O'zbekiston iqlim o'zgarishiga qarshi kurash sohasida yetakchi ekanligini isbotladi
Dekabr 04, 2023. 07:37 • 2 daq
• 1530
RIM, 4-dekabr. /"Dunyo" AA/. «Vision & Global Trends» xalqaro platformasi raisi Tiberio Gratsiani "Dunyo" AA uchun sharhida O'zbekiston Prezidentining Dubayda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasidagi ishtirokini izohladi:
-Umuman olganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqida o'z ifodasini topgan O'zbekistoning iqlim o'zgarishiga qarshi kurash bo'yicha dasturi ulug'vordir. Eslatib o'tamiz, mamlakatda allaqachon issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish ulushini oshirish va ko'chatlar ekish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi.
Biroq, Yangi O'zbekiston o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun keyingi safar duch keladigan ba'zi muammolar ham mavjud.
Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, O'zbekiston, ayniqsa, so'nggi yillarda iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda yetakchi ekanligini isbotladi. Mamlakat Parij kelishuvi maqsadlariga erishish tarafdori va iqlim o'zgarishi oqibatlarini hisobga olgan holda barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
2030-yilgacha qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish ulushini ikki baravar oshirish maqsadlari ham ulkan. 1 milliard daraxt ko'chatlarini ekishni maqsad qilgan «Yashil makon» umummilliy tashabbusi iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish bo'yicha muhim chora hisoblanadi.
O'zbekiston Prezidentining Iqlim o'zgarishiga moslashish bo'yicha Global hadli mexanizmni tezroq kelishish va «Yo'qotish va zararlar» jamg'armasini tashkil etishni qo'llab-quvvatlagani uning iqlim inqirozini yengib o'tishda boshqa davlatlar, xususan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligining ijobiy belgisidir.
Umuman olganda, O'zbekistonning iqlim o'zgarishi dasturi to'g'ri yo'nalishdagi qadamdir. Yangi O'zbekiston allaqachon sezilarli yutuqlarga erishdi va o'z majburiyatlarini kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Qirolicha Raja Zarit Sofia: Yuksak mehmondo‘stlik va yorqin taassurotlarga boy sayohat uchun rahmat, O‘zbekiston!

Dushanbedan munosabat: Samarqanddagi OTB yig‘ilishi Markaziy Osiyoda yangi iqtisodiy modelni shakllantirmoqda


