O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hakamlar hay'ati a'zolarining birinchi uchrashuvida ishtirok etdi
Oktabr 17, 2025. 19:48 • 38 soniya
• 102
TOSHKENT, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hakamlar hay'ati a'zolarining birinchi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hakamlar hay'ati a'zolarining ilk uchrashuvi bo'lib o'tdi, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Dunyo bo'ylab odamlar o'rtasida o'zaro tushunish, hamjihatlik va hurmat tuyg'usini mustahkamlashga undovchi ushbu muhim tashabbusda ishtirok etish men uchun katta sharaf.
Hakamlar hay'ati o'z sa'y-harakatlari bilan yana-da adolatli va mehr-shafqatli dunyo sari yo'l ochayotgan insonlarni e'tirof etish maqsadida birlashmoqda.
Ishonchim komilki, oldinda bizni muhim va ilhombaxsh yo'l kutmoqda".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari