O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Bryusselda Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yevropa komissari bilan uchrashdi
Oktabr 11, 2025. 11:41 • 47 soniya
• 54
BRYUSSEL, 11-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryussel shahrida Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bryusselga tashrif davomida Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. –O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi aloqalarni yana-da kengaytirish masalalarini muhokama qildik. O'zaro munosabatlar bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Muloqot davomida aniq loyiha va tashabbuslarni ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.
Hamkorlik yo'lida, shu jumladan Markaziy Osiyo miqyosida ochilayotgan yangi imkoniyatlarni to'liq ishga solish muhimligi qayd etildi. Biz YEI bilan sheriklikni yana-da kengaytirishga sodiqligimizni tasdiqladik".
Eslatib o'tamiz, 9-oktyabr kuni O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo'yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari