O'zbekistonning birinchi elchisi Kipr Respublikasi Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Dekabr 19, 2024. 16:24 • 42 soniya
• 1888
NIKOSIYA, 19-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) Kipr Respublikasi Prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kipr Respublikasi yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga o'z vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi, shuningdek, ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda munosib hissa qo'shishiga umid bildirdi.
Kipr Respublikasi Prezidenti O'zbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida to'xtaldi. "O'zbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratamiz" – dedi Prezident Nikos Xristodulidis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Kipr o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda o'rnatilgan.
Abat Fayzullayev Kiprga tayinlangan O'zbekistonning birinchi elchisi bo'ldi. U 2023-yil oktyabr oyida O'zbekistonning Italiyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari