Ashxoboddan munosabat: Italiya Bosh vazirining O'zbekistonga tashrifi o'z vaqtida va aniqlikka ega muhim voqeadir
Iyun 01, 2025. 10:55 • 2 daq
• 51
ASHXOBOD, 1-iyun. /"Dunyo" AA/. "News Central Asia" axborot agentligi bosh muharriri Tarik Saidi "Dunyo" AA uchun intervyusida Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining 28-29-may kunlari O'zbekistonga buyurgan tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni 2025-yil 28-29-may kunlari O'zbekistonga tashrif buyurdi. Bu o'z vaqtida bo'lib o'tgani bilan ajralib turadigan muhim voqea bo'ldi.
"O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti" ko'rgazmasi tashrifga tayyorgarlikning muhim qismi bo'ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Jorja Meloni ko'rgazmani birgalikda tomosha qildilar.
Mazkur noyob ekspozitsiya ikki davlat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlandi. U "Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari", "Birinchi Uyg'onish davri", "Marko Polo", "Amir Temur", "Mirzo Ulug'bek" va "Zahiriddin Muhammad Bobur", "XIX asrda O'zbekistondagi italiyaliklar", "Ikkinchi jahon urushida o'zbekistonliklarning Italiyani ozod qilishga qo'shgan hissasi", "O'zbekiston va Italiya: madaniy merosni asrash" kabi 9 ta mavzuli bo'limdan tashkil topgan.
"O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti" ko'rgazmasi O'zbekistonning juda nozik diplomatiyasining yorqin namunasidir.
O'zbekiston–Italiya muzokaralari yakunlari bo'yicha Xalqaro kongress markazida Samarqand shahridagi ko'chalardan biriga Rim shahri nomini berish marosimi bo'lib o'tdi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo'yicha ikki davlat rahbarlari Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani ma'qulladilar va qator hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etdilar.
Bosh vazir Jorja Meloni tashrifining Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 7-9-iyun kunlari Italiyaga qilgan tashrifi yakunlariga asoslanadi, o'shanda qiymati 9 milliard yevrodan ortiq ikki tomonlama shartnomalar imzolangan edi.
Qozog'istonda bo'lib o'tadigan "Italiya-Markaziy Osiyo" sammiti oldidan amalga oshirilayotgan ushbu tashrif, albatta, muhim voqeadir.
Asosiysi uzoq muddatli, o'zaro manfaatli hamkorlikka erishishning yagona yo'li uni tenglik va o'zaro hurmat asosida qurishdir.
Markaziy Osiyo barchani quchoq ochib kutib oladigan mehmondo'st xalqlarga ega mintaqadir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot