Xitoydan munosabat: O'zbekiston AQShning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkorlaridan biri
Noyabr 09, 2025. 09:02 • 2 daq
• 67
GUANCHJOU, 9-noyabr. / "Dunyo» AA/. Xitoydagi "The American Chamber of Commerce in South China" savdo palatasi prezidenti Harley Seyeden "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat rahbarining AQSHga tashrifi va Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining "S5+1" formatdagi sammitidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashrifi O'zbekistonning AQSH bilan munosabatlarni mustahkamlash, ikki tomonlama va mintaqaviy sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil va strategik yondashuvini namoyish etadi.
O'zbekiston yetakchisi tomonidan "S5+1" sammiti doirasida ilgari surilgan tashabbuslar muhim amaliy xarakterga ega bo'lib, hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu tashabbuslar uzoq muddatli istiqboldan darak beradi.
Hamkorlikning aniq, ko'p sarmoya talab qiladigan va texnologik sohalariga urg'u berilayotgani e'tiborga loyiq. Yangi avlod energetika tizimini yaratish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va muhim minerallarni chuqur qayta ishlashni rivojlantirish tashabbuslari O'zbekistonning mavjud investitsiyalar bilan cheklanib qolmasdan, global qiymat zanjirini takomillashtirish lozimligini ko'rsatadi.
"Boeing", "Google", "Meta", "John Deere", "Cargill", "Honeywell" kabi yetakchi kompaniyalarning ishtiroki O'zbekiston investitsiya muhitiga bo'lgan kuchli ishonch belgisidir. Imzolangan bitimlar xomashyo eksporti bilan cheklanib qolmasdan, hamkorlikni diversifikatsiya qiladigan loyihalarning keng qamrovli portfelini shakllantiradi.
Umuman olganda, tashrif natijalari O'zbekistonni AQSHning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkorlaridan biri va "S5+1" formatidagi mintaqaviy hamkorlikning faol drayveri sifatidagi namoyon etdi. Taklif etilayotgan tashabbuslar va imzolangan bitimlar O'zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, uning tranzit salohiyatini mustahkamlash va texnologik jihatdan jadallashtirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari