Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidentining Sloveniyaga rasmiy tashrifi respublikaning Yevropa bilan aloqalarni mustahkamlashdagi yangi bosqich bo'ldi
May 23, 2025. 00:51 • 2 daq
• 95
PEKIN, 23-may. /"Dunyo" AA/. Jenmin universiteti huzuridagi energetika xavfsizligini o'rganish markazi direktori Lyu Syui (Xitoy) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21-22-may kunlari Sloveniyaga buyurgan rasmiy tashrifi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

– Ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo'lib, mamlakatingizning Yevropa bilan aloqalarni mustahkamlashda yangi bosqich bo'ldi. Tashrif avvalo, O'zbekiston-Sloveniya diplomatik munosabatlari o'rnatilganining 30 yilligi nishonlanadigan yilda bo'lib o'tgani bilan ham ahamiyatlidir.
Bugun biz O'zbekistonning Yevropa davlatlari, Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar bilan aloqalari faol rivojlanayotganini ko'rib turibmiz. Yaqinda Samarqandda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" yetakchilarining birinchi sammiti bo'lib o'tdi.
Shu bois Yevropa Ittifoqi a'zosi bo'lgan va Lyublyana vakili bo'lgan Markaziy Yevropa va Shimoliy-G'arbiy Bolqon mamlakatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish rasmiy Toshkentning tashqi siyosiy manfaatlariga to'liq javob beradi.
Bugungi kunda zamonaviy xalqaro munosabatlarning oldindan aytib bo'lmaydigan va savdo raqobatining kuchayishi sharoitida mamlakatlar o'z mahsulotlari uchun yangi bozorlarni qidirmoqda.
Shu nuqtai nazardan O'zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning oqilona rahnamoligida Markaziy Osiyoning lokomotivi aylandi, dunyoning barcha mintaqalari, xususan, Yevropa va Sloveniya bilan mustahkam savdo hamda transport aloqalarini o'rnatish istagini namoyon etdi.
Albatta, tashrif nafaqat savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, balki barqaror va o'zaro manfaatli sheriklikning asosiy elementi bo'lgan madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish yo'lidagi muhim qadam bo'ladi.
Yevropa investitsiyalari va texnologiyalari, jumladan, Sloveniya ham O'zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, xalq farovonligini oshirish va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi.
Xitoylik ekspertlar bunday chora-tadbirlar nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishiga ishonch bildirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot