Kuvaytdan munosabat: Xalqaro baxshichilik san'ati festivali nafaqat o'zbek milliy san'atini keng targ'ib qilish, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini yaratmoqda
Aprel 28, 2025. 17:25 • 2 daq
• 59
XIVA, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. Xiva shahrida bo'lib o'tayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivali ishtirokchisi va hakamlar hay'ati a'zosi Kuvayt Tayanch ta'lim kolleji musiqa kafedrasi mudiri, professor Amir Ja'far "Dunyo" AA uchun intervyusida mazkur anjuman haqidagi fikrlarini bildirdi:

– To'rtinchi marotaba o'tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san'ati festivali dunyoning ko'plab mamlakatlaridan kelgan san'at ustalarini bir sahnaga jamladi. Bu tadbirning aynan Xorazm zaminida o'tkazilishi ham bejizga emas. Bilamizki, Xorazm san'ati doim dunyo ahlini hayratga solib kelgan. Shuningdek, ushbu zaminning o'ziga xos jozibasi festival mehmonlarining hayratini yana-da oshirmoqda.
Ikki kun davomida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan san'at ustalari o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Takrorlanmas chiqishlar, xalq folklorlarining ishtirokchilar tomonidan yuqori saviyada ijro etilishini alohida ta'kidlash joiz.
Ta'kidlash kerakki, O'zbekiston milliy folklor jamoalari hamda yakkaxon ijrochilarining yuksak mahorati tomoshabin va mutaxassislarning e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Baxshichilik qadimdan Markaziy Osiyo xalqlarining milliy san'atlaridan biri bo'lib kelgan. Bugungi kunda O'zbekistonda ushbu san'at rivojiga qaratilayotgan e'tibor va bu bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi sifatida mazkur festivalni keltirishimiz mumkin.
Muxtasar aytganda, mazkur festivalni an'anaviy tarzda o'tkazish nafaqat o'zbek milliy san'atini dunyoga keng targ'ib qilish, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan yaqindan tanishish, ular bilan fikr almashish imkonini yaratmoqda. Zero, yaxshi kuy-qo'shiq sarhad, millat tanlamaydi. U qaysi xalqqa mansub bo'lishidan, qaysi tilda ijro etilishidan qat'iy nazar doim qalblarni entiktiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot