Pokistondan munosabat: O'zbekiston mintaqalararo integratsiyani faol ilgari surayotgan drayver
May 23, 2025. 09:17 • 2 daq
• 67
ISLOMOBOD, 23-may. /"Dunyo" AA/. Peshovar universiteti qoshidagi Hududiy tadqiqotlar markazi direktori, professor Shabir Ahmad Xan (Pokiston) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21-22-may kunlari Sloveniyaga buyurgan rasmiy tashrifi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

–O'zbekiston va Sloveniya yetakchilarining Lyublyana shahrida o'tkazilgan uchrashuvi nafaqat ikki mamlakat munosabatlari, balki keng Yevroоsiyo makonidagi geoiqtisodiy jarayonlar jihatidan ham muhim voqelik.
Xolis ekspert sifatida, oliy darajada 20 yillik tanaffusdan so'ng o'tkazilgan ushbu samarali muzokaralarni O'zbekiston olib borayotgan muvozanatli va pragmatik tashqi siyosati samarali natijasi, deya baholayman.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sloveniya, va umuman Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarni yana-da mustahkamlash borasidagi siyosati, zamonaviy texnologiyalar, farmatsevtika, sanoat kooperatsiyasi va ta'lim sohalarida aniq yo'nalish va loyihalar asosida o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha tashabbuslari alohida e'tiborga molik.
Bugungi O'zbekistonni mintaqalararo integratsiyani faol ilgari surayotgan drayver deyish mumkin. Mamlakatning Sloveniya "Koper" porti orqali Yevropaga bozoriga chiqish tashabbusi Markaziy Osiyoning Yevropa ittifoqi bilan transport, savdo va infratuzilma nuqtai nazaridan integratsiyasini yana-da chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Mehnat migratsiyasi sohasida tashkil etilayotgan tizimli hamkorlik ham mamlakatning demografik ustunliklarni samarali ishga solish, ishchi kuchini tayyorlash mezonlarini xalqaro mehnat bozoriga standartlariga moslashtirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga imkon yaratadi. Pokistonda ham mazkur yo'nalishdagi amaliyot va ilg'or tajribani o'rganishga katta qiziqish mavjud.
Ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik, yoshlar forumlari va qo'shma ta'lim dasturlari ikki mamlakatning "intellektual diplomatiya"ni rivojlantirishga bo'lgan o'zaro intilishidan darak beradi. Bu orqali ikki mamlakat o'rtasidagi uzoq muddatli mo'ljallangan aloqalar uchun inson kapitali vositasida mustahkam poydevor yaratiladi.
O'zbekiston va Sloveniya hamkorligi ikki mamlakatning o'zaro manfaatlari, mintaqaviy barqarorlik va xalqaro sherikchilik sari intilishi natijasi hisoblanadi. Bu munosabatlar kelgusida Yevropa va Markaziy Osiyo o'rtasidagi o'zaro ishonchni yana-da mustahkamlaydi, barqaror, samarali hamda maqsadga yo'naltirilgan hamkorlikni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot