Polshadan munosabat: O'zbekistonning xalqaro maydonda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi hissasi va roli oshmoqda
Dekabr 21, 2023. 15:27 • 2 daq
• 149
VARSHAVA, 21-dekabr. /"Dunyo" AA/. Varshava davlat universiteti huzuridagi Siyosiy tadqiqotlar instituti professori Tadeush Bodio "Dunyo" AA uchun intervyusida Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning 19-dekabr kuni Toshkentga buyurgan tashrifi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O'zbekistonga tashrifi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar rivojida yangi sahifa ochdi.
O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi ikki tomonlama do'stona munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko'tarilib, nafaqat iqtisodiy va siyosiy sohalarda, balki jahon miqyosida, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashda ham namoyon bo'lmoqda.
Joriy yilning 19-dekabr kuni Qatar Amirining O'zbekistonga tashrifi doirasida Toshkent shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimi bo'lib o'tgani buning dalilidir.
O'z navbatida, ushbu tadbirning Toshkent shahrida o'tkazilishi O'zbekistonning xalqaro maydonda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ulkan hissasi va roli oshayotganidan dalolat beradi. Ushbu tadbir Polshaning deyarli barcha ekspert doiralari tomonidan yuqori baholandi.
Bunday tadbirlarni xalqaro miqyosda tashkil etish xalqaro hamjamiyatdagi munosabatlarni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o'zaro tajriba almashishga katta hissa qo'shadi, deb o'ylayman.
O'zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, mas'uliyatni oshirish, byurokratiyani qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o'z navbatida, korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilayotgani yuksak e'tirofga sazovordir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari