Logo

Rossiyadan munosabat: "C5+1" sammiti Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik salohiyati yuksaltiradi

Noyabr 09, 2025. 11:11 • 2 daq

103
Rossiyadan munosabat: "C5+1" sammiti Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik salohiyati yuksaltiradi

MOSKVA, 9-noyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiyadagi "Vektor" xalqaro strategik tadqiqotlar instituti direktori Andrey Xriyenko "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidentining AQSHga tashrifi va Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining "C5+1" formatdagi sammitdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi:

– 2015-yil noyabr oyida Samarqandda ish boshlagan "C5+1" ko'p tomonlama hamkorlik platformasi 10 yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh yetakchilarining Vashingtondagi bu galgi sammitida ham jahon hamjamiyatini qiziqtirgan ko'plab tashabbuslar ilgari surildi.

 "C5+1" formatidagi turli uchrashuvlar, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining AQSh Prezidenti, Kongress Senati va Vakillar palatasi vakillari, hukumat va biznes yetakchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotlari Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik salohiyati yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbuslar O'zbekistonda ham iqtisodiyot sohasi, ham davlat menejmenti chuqur modernizatsiya qilinayotganini ko'rsatmoqda. Bugungi kunda "Yangi O'zbekiston" konsepsiyasini hayotga tatbiq etishning dolzarbligi va o'z vaqtida amalga oshirilishi amaliy natijalar bilan tasdiqlangan haqiqatdir.

Shuningdek, O'zbekiston tomonidan taklif etilgan tashabbuslar va imzolangan bitimlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, tranzit salohiyatini mustahkamlash va texnologik jihatdan takomillashtirishga xizmat qiladi.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, "C5+1" formatdagi sammitda O'zbekiston yirik loyihalarni amalga oshira oladigan, xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama va hal qilishga qodir mamlakat ekanini yana bir bor isbotladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish