Seuldan munosabat: Koreya Respublikasi Prezidentining O'zbekistonga tashrifining ijobiy ta'siri ikki davlatning uzoq muddatli taraqqiyoti va farovonligiga xizmat qilmoqda
Iyun 16, 2024. 14:41 • 2 daq
• 186
SEUL, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. Koreya Eksport-import banki (Korea Eximbank) EDCF operatsiyalari departamenti bosh direktori An Byong Xo "Dunyo" AA uchun intervyusida Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O'zbekistonga buyurgan davlat tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Koreya Respublikasi Prezidentining O'zbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlovchi muhim voqeadir.
Ushbu tashrif ikki tomonning iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish va o'zaro o'sishga ko'maklashishga intilishini tasdiqlaydi. 1992-yilda diplomatik munosabatlar o'rnatilganidan buyon Janubiy Koreya va O'zbekiston o'rtasida, ayniqsa, texnologiya, infratuzilma va energetika sohalaridagi hamkorlik keskin o'sishga erishdi.
Shu nuqtai nazardan, Yun Sok Yolning tashrifi savdo, investitsiya va texnologiya transferi kabi muhim sohalarda sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator muhim kelishuv va memorandumlarni imzolash imkonini berdi. Bu qadamlar nafaqat iqtisodiy almashinuvni oshirishga, balki har ikki davlat biznes va tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Janubiy Koreyaning yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi tajribasi, shuningdek, O'zbekistonning boy tabiiy resurslari va strategik joylashuvi umumiy farovonlikka hissa qo'shadigan qo'shma loyihalar uchun istiqbollarni ochib beradi.
Tashrif, shuningdek, iqtisodiy munosabatlardagi dolzarb chaqiriq va muammolarni muhokama qilish maydoni bo'lib, sheriklik munosabatlarini kuchaytirish va o'zaro hamkorlik samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu tashrifning natijalari har ikki davlat iqtisodiyotining turli tarmoqlariga ijobiy ta'siri seziladi, shuningdek, O'zbekiston va Janubiy Koreyaning uzoq muddatli taraqqiyoti hamda farovonligiga hissa qo'shadi.
Muxtasar aytganda, Janubiy Koreya Prezidentining O'zbekistonga tashrifi nafaqat diplomatik aloqalarni yana-da jadallashtiradi, balki kelgusida barqaror va o'zaro manfaatli hamkorlikka zamin yaratadi hamda har ikki davlatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va texnologik innovatsiyalarga ko'maklashadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi